GFR Prezidenti rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi

12:12 28 May 2019 Siyosat
297 0

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

28-may kuni Koʻksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Prezidentlar shohsupaga koʻtarildi. Davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.

Marosimda Oʻzbekiston va Germaniya rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir boʻldi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?