JCH-2018. Germaniya o‘z tarixida birinchi marta guruhda qolib ketdi

09:43 28 Iyun 2018 Sport
573 0
Fotо: Getty Images

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 3-turning uchinchi haqiqiy supersensatsiya bilan tugadi.

F guruhida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi so‘nggi turda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi kuch sinashdi. Jamoa keyingi bosqichga chiqishi uchun g‘alaba qozonishi shart edi, ammo aksincha so‘nggi daqiqalarda koreyaliklar ajoyib futbol namoyish etib yutuqni ilib ketishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan ikkita gol osiyoliklarga dastlabki uch ochkoni taqdim etdi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Shvetsiya Meksika ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va guruh g‘olibligini qo‘ga kiritdi. Meksika esa ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqadigan bo‘ldi.

E guruhida ishtirok etgan Braziliya terma jamoasi o‘ziga kelib olganini ko‘rishimiz mumkin. Bu safar jamoa Serbiyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 7 ochko bilan guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Kosta-Rika bilan durang qayd etgan Shveysariya esa 5 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.

Shunday qilib, nimchorak finalda Braziliya terma jamoasi Meksika bilan uchrashadigan bo‘ldi. Shvetsiya esa chorak final yo‘llanmasi uchun Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2018
F guruhi. 3-tur

Janubiy Koreya – Germaniya 2:0 (0:0)
Gollar:
 Kim Yon Gvon (90+3), Son Hyon Min (90+6).
Janubiy Koreya: Chjo Hyon U, Li Yen, Yun Yon Son, Kim Yon Gvon, Xon Chxol, Li Chje Son, Chjan Xyon Su, Chjon U Yon, Mun Son Min (Chju Se Chjon, 69), Son Hyon Min, Ku Chja Chxol (Xvan Xi Chxan, 56; Ko Yo Xan, 79).
Germaniya: Noyer, Kimmix, Zyule, Xummels, Xektor (Brandt, 78), Xedira (Gomes, 58), Kroos, Goretska (Myuller, 63), Ozil, Roys, Verner.
Ogohlantirishlar: Chjon U Yon (9), Li Chje Son (23), Mun Son Min (48), Son Hyon Min (65).

Meksika – Shvetsiya 0:3 (0:0)
Gollar: 
0:1 – 50 Augustinsson, 0:2 – 62, penalti Grankvist, 0:3 – 74, avtogol Alvares.
Meksika: Ochoa, Alvares, Salsedo, Moreno, Galyardo (Fabian, 65), Errera, Guardado (Korona, 75), Layyun (Peralta, 89), Vela, Losano, Ernandes.
Shvetsiya: Olsen, Lyustig, Lindelef, Grankvist, Augustinsson, Klasson, Larsson (Svensson, 57), Ekdal (Xilyemark, 80), Forsberg, Berg (Telin, 68), Toyvonen.
Ogohlantirishlar: Galyardo (1), Larsson (26), Moreno (61), Layyun (85), Lyustig (88).

E guruhi

Serbiya – Braziliya 0:2 (0:1)
Gollar:
 0:1 – 36 Paulino, 0:2 – 68 Tiago Silva.
Serbiya: Stoykovich, Rukavina, Milenkovich, Velkovich, Kolarov, Milinkovich-Savich, Matich, Tadich, Lyayich (Jivkovich, 75), Kostich (Radonich, 82), Mitrovich (Yovich, 89).
Braziliya: Alisson, Fagner, Tiago Silva, Miranda, Marselo (Filipe Luis, 10), Paulino (Fernandino, 66), Kazemiro, Koutino (Renato Augusto, 80), Villian, Gabriel Jezus, Neymar.
Ogohlantirishlar: Lyayich (33), Matich (48), Mitrovich (70).

Shveysariya – Kosta-Rika 2:2 (1:0)
Gollar:
 1:0 – 31 Jemaili, 1:1 – 56 Uoston, 2:1 – 88 Drmich, 2:2 – 90, avtogol Zommer.
Shveysariya: Zommer, Lixtshtayner, Sher, Akandji, Rodriges, Bexrami (Zakariya, 60), Jaka, Shakiri (Lang, 81), Jemaili, Embolo, Gavranovich (Drmich, 69).
Kosta-Rika: Navas, Akosta, Gonsales, Uoston, Gamboa (Smit, 90), Borxes, Gusman (Asofeyfa, 90), Ovyedo, Kolindres (Uolles, 81), Ruis, Kempbell.
Ogohlantirishlar: Gamboa (11), Kempbell (29), Lixtshtayner (37), Zakariya (75), Sher (83), Uoston (89).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?