Germaniyalik taniqli mutaxassis talabalarga yoʻl qurilishi boʻyicha maʼruza oʻqidi. Buning samarasi qachon koʻrinadi? Bu ikkinchi masala

17:56 09 Aprel 2019 Jamiyat
333 0

Illyustrativ foto

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutiga Germaniyaning Senior Expert Service (SES) tashkiloti “Yoʻl qurilishi” sohasi boʻyicha katta eksperti Ervin Flyaysher bir oylik tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Germaniyalik ekspert talabalar uchun “Case Study” usulida “Zamonaviy texnologiyalar asosida yoʻl qurilishi” mavzusida maʼruza oʻqidi.

Oʻquv mashgʻulotlarini amaliyot bilan uygʻun holda olib borish maqsadida darslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan 6 ta sanoat korxonasida tashkil etildi.

Ervin Flyaysher institutning “Yoʻl xoʻjaligi iqtisodiyoti va uni tashkil etish” va boshqa kafedralar professor-oʻqituvchilar uchun “Zamonaviy yoʻl qurilish xoʻjaligi” mavzusida seminar-treninglar oʻtkazdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?