Germaniyaga katta futbol qaytmoqda. Bundesligani yana davom ettirish sanasi maʼlum boʻldi

02:31 02 May 2020 Sport
372 0

Foto: Futball-Fun.ru

Futbol boʻyicha Germaniya chempionati 15-maydan yana davom ettirilishi mumkin.

Ushbu sanani Germaniya futbol ligasi (DFL) ham tasdiqlagan, ammo bu hukumatning qaroriga bogʻliq.

Aslida DFL mavsumni 9-mayda davom ettirishga tayyor edi. Birov hukumat Bundesligani yana davom ettirish qarorini biroz keyinga qoldirib turishni maʼqul koʻrdi. Bunday qarorga payshanba kuni Kansler Angela Merkel va federal yerlar (viloyatlar) rahbarlari ishtirokida koronavirusning mamlakatga taʼsiri muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda kelingan.

Maʼlum qilinishicha, 6-may kuni ushbu masala yuzasidan navbatdagi yigʻilish oʻtkaziladi. Angela Merkelning taʼkidlashicha, aynan shu kuni hukumat maktablar, bolalar bogʻchalari va sport tadbirlari masalasida aniq qarorni qabul qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?