Germaniyadan keyin Fransiya ham qatʼiy karantin choralariga qaytmoqda

10:28 29 Oktyabr 2020 Dunyo
188 0

Fransiya prezidenti oʻzining navbatdagi telemurojaatida mamlakatning materik qismida umummxalq lokdaun  joriy etilishini eʼlon qildi va hududlar oʻrtasida odamlarning harakatlanishi taqiqlanishini aytib oʻtdi. Cheklov choralari kamida noyabr oxirigacha amal qilishi kutilyapti. Bu haqda BBC xabar berdi. 

“Virus tarqalishini toʻxtatish uchun izolyatsiyani juma kunidan boshlab joriy etish kerak, degan qarorga keldim”, degan Makron. U odamlar faqat ish joyiga borish yoki tibbiy yordam olish uchun tashqariga chiqishlari mumkinligini maʼlum qilgan.

Koʻchaga chiqish uchun maxsus maʼlumotnoma(forma)ni toʻldirish kerak boʻladi. Bunday talab bahorgi birinchi lokdaun paytida ham amalda edi. Oʻz navbatida jamoa boʻlib yigʻilishlar ham taqiqlanadi. Restoran va barlar, shuningdek, birinchi darajadagi muhimlik kasb etmaydigan korxonalar ham yopilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?