Germaniyadagi yirik kompaniya oʻzbekistonlik paralimpiyachilar uchun oʻz mahsulotlarini yetkazib beradi

12:22 29 Mart 2019 Sport
408 0

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus sport protezlarini ishlab chiqaruvchi Ottobock(Germaniya) kompaniyasi oʻz mahsulotlarini oʻzbekistonlik paralimpiyachilarga yetkazib beradi.

Yaqinda Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari Abror Niyozov va yengil atletika boʻyicha milliy paralimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Sardor Abduxoliqov mazkur kompaniya mutaxassislari Tomas Domling va Anatoli Tirik bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuv chogʻida Anatoli Tirik paralimpiyachi-sportchilarning natijalarini yaxshilash boʻyicha dasturni taqdim etdi.

Xorijlik ekspertlar mamlakatimiz paralimpiyachilari uch kun davomida prtozelarni sinovdan oʻtkazishlari va uni amaliyotda qoʻllab koʻrishlari mumkinligini qayd etib oʻtishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?