Germaniyadagi fond oʻzbekistonlik yosh fermerlar va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash niyatida

11:16 07 May 2019 Jamiyat
668 0

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Germaniya Federatsiyasining Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamgʻarma kassalari fondi (Sparkassenstiftung) Oʻzbekiston agrar sektorini rivojlantirish hamda yosh fermerlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat banki, “Mikrokreditbank” AT banklari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolash boʻyicha tadbir tashkil etildi.

- Germaniya-Oʻzbekiston alohida yaxshi munosabatlarga ega, - deydi Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamgʻarma kassalar fondi boshqaruvchisi Niklaus Bermani. - Bizning 400 ga yaqin loyihamiz bor. Hamkorlikdan maqsadimiz boshqa mamlakatlar bilan oʻz tajribamizni oʻrtoqlashish, odamlarning turmush tarzini yanada yaxshilash, ayniqsa chekka hududlardagi yosh tadbirkor va fermerlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar orasida moliyaviy savodxonlikni oshirish kabi vazifalardan iborat. Biz katta loyiha boshida turibmiz. Hamkorligimiz dastlab ikki yilga moʻljallangan, ammo kelgusida ham bu hamkorlik uzoq yillar bardavom boʻlishiga ishonaman.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?