Germaniya kompaniyasi Toshkentda “Disneylend” qurmoqchi

15:21 22 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
376 0

Germaniyaning “RIMC HOTELS AND RESORTS” kompaniyasi poytaxtimizda “Disneylend” qurish taklifini bildirdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu maqsadda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev hamda nemis kompaniyasi rahbari Gert Prantner oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Unda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish va kompaniya bilan hamkorlik oʻrnatish xususida soʻz yuritildi. Hamkor kompaniya rahbari poytaxtda zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq hamda “Disneylend” kabi koʻngilochar markazlarni qurilishiga qiziqish bildirayotgani haqida taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilishda kompaniya va hokimlik oʻrtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifi ham kiritildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli takliflar ishlab chiqildi.

Maʼlumot uchun, 30 yillik tarixga ega ushbu kompaniya dunyo miqyosida yetakchi xalqaro mehmonxonalar operatori hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?