Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qoʻydi

17:43 28 May 2019 Jamiyat
291 0

Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi – Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Frank-Valter Shtaynmayerga Mustaqillik maydonining meʼmoriy yechimi va gʻoyaviy mazmun-mohiyati haqida soʻzlab berildi.

Germaniya Prezidenti Oʻzbekistonning tinchlikparvar siyosati va oʻzbek xalqining tarixiy yutugʻi, bagʻrikengligini oʻzida aks ettirgan mazkur majmua tarixiy ahamiyati qadrli ekanini taʼkidladi.

YRK_9514.JPG

YRK_9577.JPG

YRK_9629.JPG


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?