Germaniya Prezidenti may oyida Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

14:15 08 Fevral 2019 Siyosat
915 0

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Oʻzbekistonga tashrifi shu oy may oyiga rejalashtirilyapti. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda “Xalq soʻzi” muxbiri.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chogʻida Frank-Valter Shtaynmayerni Oʻzbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgandi. Federal Prezident shu yil bahorida mamlakatimizga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?