Germaniya Federal Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

23:56 27 May 2019 Siyosat
444 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28-may kuni “Koʻksaroy” qarorgohida boʻlib oʻtadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazm viloyatida boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?