“Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi

12:00 19 Iyun 2020 Siyosat
197 0

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari barcha yoʻnalishlar qatori geodeziya va kartografiya sohasini ham zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Yangi tahrirdagi mazkur Qonunda shu kabi jihatlar eʼtiborga olingan. Jumladan, sohaga oid asosiy tushuncha va tamoyillar, qolaversa, uni davlat tomonidan tartibga solishga oid normalar, vakolatli davlat organlari aniq belgilangan.

Shu bilan birga, Qonunda geodeziya va kartografiya ishlarini litsenziyalash, roʻyxatga olish va davlat hisobini yuritish, davlat kartografiya-geodeziya kadastri va Oʻzbekiston Respublikasi kartografiya-geodeziya fondini yuritish hamda davlat geodeziya nazorati bilan bogʻlik normalar mustahkamlab qoʻyilmoqda.

Ushbu Qonunning maʼqullanishi geodeziya va kartografiya faoliyatining mohiyati, xususan, sunʼiy yoʻldosh tizimlaridan foydalanishda hamda sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda materiallar va maʼlumotlarning toʻliqliligi va ishonchliligi taʼminlanadi. Eng muhimi, foydalanuvchilarga maʼlumotlar yetkazilishi soddalashtiriladi.

Shuningdek, Qonundan xavolaki normalarning chiqarilishi natijasida tadbirkorlik subyektlarining geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shugʻullanishida qulay sharoit yaratiladi.

Mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?