Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

14:26 15 Avgust 2018 Siyosat
284 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev Italiyaning Genuya shahri yaqinidagi avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Mattarellaga hamdardlik maktubi yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Genuya shahrida avtomobil yo‘li ko‘prigining 100 metrcha qismi qulashi oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?