General-polkovnik Rustam Ahmedov desantchilarning jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi

12:37 25 Aprel 2018 Jamiyat
1873 0
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri maslahatchisi, nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov Toshkent harbiy okrugidagi umumqo’shin dala o’quv maydonida desantchilarning jangovar tayyorgarlik mashg’ulotlari bilan yaqindan tanishdi. 

Bu haqda “Xalq so’zi online”ga Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Boy hayotiy tajribaga ega bo’lgan Mudofaa vazirligi faxriysi yosh va navqiron harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg’ulotlari, ularning turmushi, xizmat sharoitlari bilan tanishish uchun harbiy okruglarga xizmat safarlarini uyushtirayapti.

Bu gal desantchilardan iborat yangi tarkibdagi jangovar bo’linma — batalon taktik guruhining dala o’quvlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishayotgan R. Ahmedov yigitlarga u xizmat qilgan yillarda ro’y bergan qiziqarli voqealar, bugungi kunda harbiy xizmat nufuzi va sharafi yuksalayotgani, oldingi va bugungi armiya o’rtasida juda katta farq, keskin o’zgarishlar haqida so’zlab berdi. 

Tanishuv davomida general-polkovnik navbatdagi taktik mashg’uloti arafasida saf ko’rigidan o’tayotgan harbiy xizmatchilarning anjom-aslahalarini komandirlar boshchiligida ko’zdan kechirdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?