“Gazprom” va “O’zbekneftegaz” “Shoxpaxta” koni bo’yicha hamkorlik muddatini 2024 yilga qadar uzaytirdi

16:57 25 Aprel 2018 Iqtisodiyot
797 0
Foto: rian.com.ua

“Gazprom” va “O’zbekneftegaz” o’zaro hamkorlik muddatini uzaytirdi. Bu haqda “Gazprom” boshqaruvi raisi o’rinbosari Vitaliy Markelov ma’lum qildi. Bundan tashqari, “Jel” konini mahsulotini bo’lishib olish shartlari asosida o’zlashtirish bo’yicha muzokaralar davom etmoqda.

V. Markelovning aytishicha, “Shoxpaxta” koni bo’yicha bitim muddati 2019 yilda nihoyasiga etadi. Ammo ikki tomonning yakdil qaroriga ko’ra bu muddat 2024 yilgacha uzaytirildi.

O’z navbatida, “Shoxpaxta” blokida 2009 yilda ochilgan “Jel” koni zaxiralari 6,4 milliard kub metr gaz va 76 ming tonna gaz kondensatini tashkil etadi. 

Eslatib o’tamiz, “Gazprom” va “O’zbekneftegaz” o’rtasida o’zaro strategik hamklorlik bo’yicha bitim 2002 yilda imzolangan bo’lib, Rossiya tomoni 2004 yildan buyon “Shoxpaxta” konida gaz qazib chiqarish ishlarida ishtirok etib kelayapti. 

2017 yilda esa har ikki tomon birgalikda geologiya razvedka ishlari va muhandislik-innovatsiya faoliyatini olib borish bo’yicha kelishuvga erishgan. Qolaversa, “Gazprom” 2018 yildan boshlab O’zbekistondan yiliga 4 milliard kub metr gaz sotib olish bo’yicha shartnoma imzolagan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?