Gaz idorasi xodimi tamagirligi uchun qoʻlga olindi

16:29 11 Aprel 2019 Jamiyat
543 0

Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Oʻztransgaz” AJ Shahrixon tumanlararo gaz taʼminoti uchastkasi xodimi A.A. tomonidan qonunbuzarlik sodir etilganligi aniqlangan.

U fuqaro D.A.ning yashash xonadoniga tortilgan gaz quvurini tabiiy gaz tarmogʻiga ulab berish uchun 2 mln. 30 ming soʻm toʻlov qilishi kerakligini aytgan va undan shu miqdordagi pulni talab qilgan. Vaholanki, bu xizmat uchun atigi 18 ming 587 soʻm toʻlov mavjud, xolos. Bugungi kun isteʼmolchisi ham anoyi emas. Endi u ham oʻz haq-huquqlarini asta tushunib bormoqda. Biroq, oʻzidan yuqorida turuvchi vakolat egasiga buni qanday tushuntiradi?

Ana shu savollardan soʻng isteʼmolchi tegishli idoraga murojaat etdi. Olib borilgan tadbir jarayonida xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik yoʻliga kirgan gaz idorasi xodimi A.A. fuqarodan 2 mln. soʻmni olayotgan paytda qoʻlga olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?