Gaz-ballon uskunalari Janubiy Koreyada ham portlaydimi?

Illyustrativ foto
Mamlakatimizda gaz-ballon uskunalari portlashini oldini olishda Koreya tajribasi oʻrganilmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yaqinda vazirlikning Transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasida Koreya Respublikasining “SMC Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda gaz-balon uskunalarni sinovdan oʻtkazish va avtotransport vositalarini texnik koʻrigini amalga oshiruvchi markazlarga ega avto-klasterlarni yaratish loyihasi muhokama qilindi.
Taʼkidlash joizki, Koreya Respublikasida gaz baloni portlashi bilan bogʻliq halokat oxirgi marta 2010 yili boʻlgan. Qator chora tadbirlar koʻrilishi, xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning xalqaro tajribasini oʻrganish natijasida bugunga kunga qadar biror marta shu masalada noxush hodisa yuz bermagan.
“SMC Co., Ltd” kompaniyasi yurtimizning barcha hududlarida gaz-ballon uskunalarini sinovdan oʻtkazuvchi (300 ta laboratoriyadan iborat) va avtotransport vositalarini tekshiruvchi (150 laboratoriyaga ega) Sinov markazi hamda biror oʻquv muassasasi qoshida zamonaviy IT-texnologiyalar bilan jihozlangan Nazorat markazini tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Bu loyihaga koreys kompaniyasi 50 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishga va oʻzaro manfaatli shartlarda Janubiy Koreya moliyaviy institutlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish yoʻli bilan davlat-xususiy sherikchiligi shaklida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyorligini bildirdi.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonda gaz-balon uskunasi oʻrnatilgan avtomobillarning portlash holatlari tez-tez kuzatilib turgani, shuningdek, gaz-ballon uskunasi oʻrnatilgan avtomobillardan foydalanishning xavfsizligini taʼminlash tizimi mukammal emasligini inobatga olib, yaqin kunlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi taklif etilgan loyihani muhokama qilish uchun tegishli soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etadi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: