Garovdagi “MAN” qayerga yashirilgandi?

15:16 06 Noyabr 2019 Jamiyat
135 0

Yurtimizda tadbirkorlik va biznes uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.Soliq yengilliklari, imtiyozli kreditlar va boshqa qulayliklar taqdim qilinayotgan bir paytda, imkoniyatlarni uz biznesini rivojlantirish, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshish oʻrniga suiisteʼmol qilayotganlar xam uchrab turibdi. Masalan, Uchqoʻrgʻon tumanida faoliyat koʻrsatgan korxonaga ishonch bildirib, Milliybank Uchqoʻrgʻon tuman filiali tomonidan katta miqdorda imtiyozli kredit ajratilgan edi. Qarang, toʻlov vaqti kelganda“Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim”,yoʻliga oʻtib olishdi. Yaʼni,qarzni qaytarishga kelganda na MCHJ rahbari, na kafillarni va na garovga qoʻyilgan avtotransportni topib boʻlmadi.

Bunaqa paytda ish sudga boribtaqaladi-da. Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining 17.09.2019-yilgi ijro varaqasiga asosan javobgar korxona hisobidan Milliybank Uchqoʻrgʻon tuman filiali foydasiga 88 mln. 154 ming soʻm qarzdorlikni undirish va qoʻshimcha javobgar Z.Qoraboyevga tegishli boʻlgan garovdagi “MAN” rusumli transport vositasiga qaratish belgilandi.

Biroq, “uddaburon”lar garovdagi transport vositasini yashirib, javobgarlikdan qochmoqchi boʻlishadi. Davlat ijrochisining qarzdor avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Byuroning tuman boʻlimi qidiruv guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida garovdagi transport vositasi topiladi. U boshqa korxonada ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan ekan. Tadbir chogʻida “Yorqin hayot” MFY hududidan topilgan “MAN”auksion savdolariga qoʻyish maqsadida jarima maydonchasiga tortildi. Uning sotilishidan tushgan mablagʻ moliyaviy muassasa kreditini yopishga yoʻnaltiriladi.

Qissadan hissa: Qarzdan qochib uzoqqa borib boʻlarmidi.

QudratillaNAJMIDDINOV.
“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?