Gʻaroyib olma navi yaratildi. Uning sifati 1 yilgacha buzilmaydi. Qanday qilib?

10:49 04 Dekabr 2019 Jamiyat
708 0

Dekabr oyidan AQSHdagi doʻkonlarda yangi Cosmic Crisp navli olma sotuvga chiqarildi. Ushbu mevaning oʻziga xos jihati shundaki, uni muzlatgichdan bir yilgacha sarxil holda saqlash mumkin. Mazkur olmani seleksiya ishlari 1997-yilda boshlangan edi, deb yozadi Tj manbasi.

Vashington universiteti olimlari Honeycrisp va Enterprise navlarini chatishtirib, Cosmic Crispʼni yaratishdi.

Uni hozircha faqat Vashington shtatidagi fermerlar yetishtira oladi. Ular shu boʻyicha 10 yillik muddatga eksklyuziv litsenoʻiya olishgan.

Cosmic Crisp boʻyicha tadqiqotlar va uni dunyo ishlab chiqarishiga qoʻyish uchun qariyb 10 mln. dollar sarflandi. Hozircha 12 mln. dona koʻchat ekilgan.

Mazkur dastur rahbari Keyt Evansning aytishicha, olma iqlim sharoitlariga chidamli, qattiq karsillaydi va sersuv.

Uning soʻzlariga koʻra, olma eti oksidlanish(buzilish) jarayoni sekin kechishi bunday olmani saqlash muddatini uzaytirish imkonini bergan. Shuning uchun Cosmic Crisp muzlatgichdan 10-12 oy davomida sifatini yoʻqotmasdan saqlanishi mumkin.

AQSHda olma ommaviylik va mashhurlik boʻyicha banandan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. Vashington shtati esa Golden Delishes va Red Delishes olma navlarini yetkazib beruvchi eng yirik hudud hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?