Galaxy va Colgate oʻrtasidagi mojaroli vaziyat boʻyicha Oliy sud axborot berdi

13:29 04 Iyul 2019 Iqtisodiyot
369 0

Avval xabar berganimizdek, “Dentafill Plus” MCHJ (“Torimed Pharm”ning huquqiy vorisi. “Galaxy” savdo belgisi ostida tish pastlari ishlab chiqaradi) javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga bergan shikoyat arizasi Yunusobod tuman maʼmuriy sudi tomonidan mazmunan koʻrib chiqilmoqda.

Mamlakatimizning bir qator internet nashri eʼtiborga tushgan mazkur sud majlisi belgilangan tartibda hujjatlarni talab qilib olish uchun ishni koʻrish 2019-yil 4-iyul kuni soat 11.00 ga qoldirilgan edi.

Oliy sud Matbuot xizmati boshligʻi v.b. Olimjon Oʻsarovning maʼlum qilishicha, bugun soat 11:00 da sud majlisi davom ettirildi va sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi “Torimed Pharm” MCHJga nisbatan qoʻzgʻatilgan 09/09-sonli ish boʻyicha toʻplangan materiallarni sudga taqdim qildi.

Sudning ajrimi bilan uchinchi shaxs “Colgate – Palmolive Company” kompaniyasi vakilining Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Torimed Pharm” MCHJ ga qoʻzgʻatilgan 09/09-sonli ish bilan tanishish va ishni boshqa kunga qoldirish haqida iltimosnomasi qanoatlantirildi va ishni koʻrish 2019-yil 12-iyul 11:30 ga qoldirildi.

Tafsilotlar yuzasidan qoʻshimcha maʼlum qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?