Gada KADDUMI: Onlayn kitob-ensiklopediya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridagi anʼanaviy hunarlar boʻyicha qimmatli maʼlumotnoma

12:26 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
98 0

Bugun erta tongdanoqXalqaro festival doirasida 12-sentyabr kuniga rejalashtirilgan tadbirlar tantanali yurish (parad shestviye)dan boshlandi.Undaxorijiy mehmonlar, xunarmandlarva mahalliy aholining 120 mingdan ortiqvakillari ishtirok etdi. Qatnashchilar Xudoyorxon oʻrdasidan markaziy koʻchalarda harakatlandilar. Unda tarixiy qaxramonlar , xon oʻrdasidagi ayonlar koʻrinishidagi aktyorlar, xavaskorlar jamoasi ishtirokchilarga oʻzgacha kayfiyat, koʻtarinkilik bagʻishladi.

Shundan soʻng karnay surnaylar sadosi ostida yurish ishtirokchilari Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻyicha Prezidenti Gada KadduminingOsiyo-Tinch okeani mintaqasidagi hunarlarningonlayn-ensiklopediyasi (ATP)anʼanaviy qoʻl mehnati buyumlari kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Undabosh muharrir - Kevin Myurrey, tahririy qoʻmita aʼzolari Indrasen Ventakachelum, Radja Fuziya binti Radja Tun Uda va Usha Krishnalar ishtiro etdi.

Ushbu ensiklopediya Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 50 davlatdagi 120 nafar yozuvchisining 445 maqolasini oʻz ichiga oladi.

Bosh muharrir Kevin Myurreyning taʼkidlashicha, onlayn-kitobda hunar mahsulotlarini bugungi kunda qayerdan topish mumkinligi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar mavjud.

-Mazkur hunarlar ensiklopediyasi loyihasini yaratish gʻoyasi mening akademik tadqiqotlarni amaliy bilimlar bilan birlashtirish istagidan kelib chiqdi, -deydi Gada Kaddumi. - Mazkur ensiklopediya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridagi anʼanaviy hunarlar boʻyicha qimmatli maʼlumotnoma va Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi hunarlar kelajagiga kiritilayotgan sarmoya hisoblanadi. Umid qilamanki, ushbu loyiha pirovardida tarmoqlar yaratilishiga olib keladigan madaniy tafovutlarni anglash imkonini beradi. Bu esa madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash hamda xalqlarga bir-birini tanish va qabul qilish, shu tariqa doʻstlik, hamjihatlik va tinchlik oʻrnatilishiga zamin yaratadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish muminki, Xalqaro festival doirasida bugun oʻz ishining mohir xunarmand ustalarimustaqil ravishda amaliy sanʼat buyumlarini yasashni istovchilarga mahorat darslari oʻtkaziladi. Bunda 17 gektarli xunarmandlar shaharchasiga joylashgan Rishton, Gʻijduvon, Urgut, Toshkent, Samarqand, Andijon, Gʻurumsaroy, Shahrisabz kulolchilik maktablari namoyondalari ishtirok etadi.

Elyorjon Ehsonov,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Xursandbek Arabboyev olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?