“G20”ning navbatdagi sammitida qanday masalalar koʻriladi?

17:32 30 Noyabr 2018 Dunyo
252 0

Bugun Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida “Katta yigirmatalik” davlatlari rahbarlari sammiti ochiladi, deb xabar berdi TASS.

Mazkur anjuman kun tartibidagi ustuvor masalalardan biri sifatida oziq-ovqat sohasi rivojlanishi va barqaror kelajagi uchun infratuzilmalar mavzusidir. Bundan tashqari, iqlim oʻzgarishi, bojxona bojlari va migratsiya muammolari ham muhokama qilinadi. Oʻz navbatida sammit chogʻida mamlakatlar yetakchilari oʻnlab ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishadi. Xususan, AQSH prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashadi.

Bundan oldin AQSH prezidentining iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Lourens Kadlou agar mazkur muloqot chogʻida savdo bitimi imzolanmasa, AQSH Xitoy tovarlariga qariyb 267 mlrd. dollarlik qoʻshimcha bojlar kiritishi mumkinligini maʼlum qilgandi.

Sammitda xavfsizlikni taʼminlash uchun Argentina huquqni-muhofaza qilish organlarining 22 mingga yaqin xodimi jalb etilgan.

Argentina rasmiylari uchun norozilik namoyishlari muammo tugʻdirishi mumkin. Hozirning oʻzidayoq manifestatsiyalar oʻtkazish boʻyicha bir nechta arizalar kelib tushgan. Hokimiyat vakillari jamoatchilik va siyosiy harakatlarga namoyishlarni tinch yoʻl bilan oʻtkazishga chaqirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?