FVV Rossiyada YTH oqibatida halok boʻlgan oʻzbekistonliklar roʻyxatini maʼlum qildi

14:09 07 Sentyabr 2018 Jamiyat
597 0
Illyustrativ foto

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan maʼlumotga asosan, 2018 yilning 6 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30da Lipesk oblasti Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida “Toyota RAV 4” rusumli yengil avtomobil “VAZ 2106” rusumli yengil avtomobil bilan toʻqnashgan.

Oʻzbekiston FVV xabariga koʻra, yoʻl-transport hodisasi natijasida voqea joyida Oʻzbekistonning 5 nafar fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

1. Axmedov Mavlonbek Raxinbayevich 1986 y.t;

2. Sapayev Mirzabek Ibodullayevich 1990 y.t;

3. Samandarov Narimon Alimovich 1984 y.t;

4. Adambayev Javlonbek Gʻulamovich 1983 y.t;

5. Allaberdiyev Azizbek Qosimovich 1983 y.t;

Qayd etilishicha, hozirda halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadi Lipesk viloyati Dubrovskiy tumani shifoxonasida saqlanmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Tezkor raqami” (+998 71) 147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?