FVV O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘istonda YTHga uchragani borasida rasmiy axborot berdi

15:41 14 Avgust 2018 Jamiyat
365 0
Illyustrativ foto

2018 yilning 13 avgust kuni soat 01:15da Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar departamenti Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 12 avgust kuni taxminan soat 17:30da Turkiston viloyati, Kazigurt tumanidan o‘tuvchi “Olmata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 786-km.da “Daymler Kraysler” rusumli mikroavtobus va “GAZ-53” rusumli yuk avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

FVV axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 10 nafari turli darajada tan jarohati olib, Sariagash tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqaro:

1 Mirmusayev S. 1956 y.t.

Tan jarohati olgan fuqarolar:

1. Urmanova S. 1960 y.t.

2. Zaripova S. 1965 y.t.

3. Yuldashev J. 1977 y.t.

4. 4 Yuldasheva D. 1982 y.t.

5. Kuralbayev S. 1984 y.t.

6. Nosirova N. 1986 y.t.

7. Jiyenbayeva M. 1986 y.t.

8. Fayzullayev I. 2003 y.t.

9. Farxatov M. 2007 y.t.

10. Farxatov A. 2013 y.t.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur masala yuzasidan qandaydir savollar, ma’lumotlar bo‘lsa, maxsus telefon raqamlarini e’lon qilgan:

“Tezkor raqamlar” (+998 71) 147-10-50.

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?