FVV ertaga “Qamchiq” dovonidagi yo'llarni yaxmalak qoplashi mumkinligi haqida ogohlantirdi

18:16 21 Noyabr 2020 Jamiyat
205 0

Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan berilgan maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 22-noyabr kuni A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yogʻishi, shamol tezligi 7-12 m/s gacha kuchayishi, harorat kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuq boʻlishi, yoʻllarda qor uyumlari, yaxmalak hosil boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda FVV xabar berdi.

“Shu munosabat bilan, yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?