Futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon kim?

11:03 09 Avgust 2018 Sport
275 0
Foto: ua-football.com

Ispaniyaning “Atletik” jamoasidan Angliyaning “Chelsi” klubiga o‘tgan ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalaga futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabonga aylandi.

London klubi ushbu 23 yoshli futbolchi transferi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 80 million yevro badal pulini to‘lashga rozi bo‘ldi.

Kepa bu orqali o‘tgan oyda “Roma”dan “Liverpul”ga 62,5 milliona yevro (plyus 10 million yevro miqdoridagi bonuslar) evaziga o‘tgan Alisson rekordini yangiladi.

Undan ham avvalroq esa rekord Janluiji Buffonga tegishli bo‘lib turgandi. “Yuventus” 2001 yilda uni “Parma”dan 52 million yevro evaziga sotib olgandi.

Bundan tashqari, Kepa eng qimmatbaho ispaniyalik futbolchi bo‘ldi. U Alvaro Morata (“Chelsi”, 65 million yevro), Fernando Torres (“Chelsi”, 59 million yevro) va Gaiska Mendyetani (“Latsio”, 48 million yevro) ortda qoldirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?