Futbol stadioniga daraxtlar ekildi

14:55 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
63 0

Shveysariyalik sanʼatkor Klaus Littmann Avstriyaning Klagenfurt-am-Vyorterze shahridagi “Vyorterze” stadioni maydoniga yuzlab daraxtlarni ekdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar berdi.

“Tabiatning cheksiz jozibasi – oʻrmonlar uchun” deb nomlangan badiiy loyiha iqlim oʻzgarishi muammolari va oʻrmonlarning yoʻqolib borayotganiga eʼtiborni jalb etishni maqsad qilgan, deb yozadi Artnews .

Sanʼatning jonli asarini yaratish uchun 22 kun vaqt sarflandi. 300ga yaqin daraxtlarning qandagʻoch, togʻterak, zarang, eman kabi turlari Italiya, Germaniya va Belgiyadan olib kelindi.

Loyihaning asosiy gʻoyasi – agar oʻrmonlarning yoʻqolib ketishi oldi olinmasa, kelajakda daraxtlarni xuddi sport musobaqalari kabi faqat stadionlarda tomosha qilish mumkin boʻlishiga eʼtibor qaratishdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?