Futbol maydonidagi janjal oqibatida 18 yoshli yigit hayotdan koʻz yumdi

15:13 08 Avgust 2019 Jamiyat
122 0

Fargʻona tumanida futbol maydonida roʻy bergan janjal oqibatida 18 yoshli yigit hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, Fargʻona tumanida 2019-yil 7-avgust kuni Yoshlarobod koʻchasida yashovchi 26 yoshli A.Gʻ. Sado koʻchasida joylashgan futbol maydonchasida oʻzaro janjal oqibatida tanishi Oqbilol koʻchasida yashagan 18 yoshli I.U.ning yuziga qoʻllari bilan urgan vaqtida, I.U. boshi bilan yerga yiqilib tushgan. Natijada I.U. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. A.Gʻ. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?