Futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanmoqda

12:11 14 Iyun 2018 Sport
1143 2

Bugun, 14 iyun kuni Rossiyada jahon chempionati o‘yinlariga start beriladi.

32 terma jamoa 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi g‘olibligi uchun kurash olib borishadi.

Bir necha soatlardan so‘ng, Moskvadagi “Lujniki” stadionida musobaqaning ochilish marosimi boshlanadi. Soat 20:00da Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvi bilan musobaqa rasman boshlangan hisoblanadi.

32ta jamoa, 736 nafar futbolchi, o‘nlab hakamlar, stadiondagi o‘n minglab muxlislar, TV ekrani oldidagi millionlab odamlar bir oy davomida hamnafas bo‘lishadi.

Quyida O‘zbekiston orqali uchrashuvlarni translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarining o‘yinlarni translyatsiyasi taqvimi bilan tanishib olishingiz mumkin:

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?