Futbol boʻyicha Rossiya chempionati iyunda davom ettiriladi

18:57 15 May 2020 Sport
187 0

Foto: championat.com

21-iyun kunidan futbol boʻyicha Rossiya chempionati yana davom ettiriladi. Ushbu qaror Rossiya futbol ittifoqi (RFU) Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishida qabul qilindi.

Chempionat bahslari 21-iyun — 22-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Rossiya Premer-ligasi rahbari Sergey Pryadkinni taʼkidlashicha, barcha oʻyinlar mavsum oxirigacha boʻsh tribunalarda oʻtkaziladi. Shuningdek, bahs davomida beshta futbolchini almashtirishga ruxsat beriladi.

“Afsuski, qolgan oʻyinlar tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi — ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyilgan cheklovlar amalda. Ammo biz ishqibozlar oʻz jamoalarini oʻz uylarida qoʻllab-quvvatlashlariga ishonchimiz komil“, — deydi Pryadkin.

Koronavirus pandemiyasi tufayli futbol boʻyicha Rossiya chempionati 31-maygacha toʻxtatib qoʻyilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?