Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

12:30 09 Avgust 2018 Sport
998 0
Foto: FOX Sports

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan 20 nafar futbolchi joy olgan. Jarohati sabab yakuniy ro‘yxatdan jamoa yetakchilaridan biri, “Nasaf“ yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyev ham tushib qolgan.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi

Darvozabonlar:

Botirali Ergashev “Navbahor”
Rahim Davronov “Mash’al”

Himoyachilar:

Dostonbek Tursunov “Neftchi”
Islom Qobilov “Bunyodkor”
Abbos Otaxonov “Metallurg”
Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”
Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”
Akrom Komilov “Bunyodkor”

Yarim himoyachilar:

Odil Hamrobekov “Nasaf”
Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912”
Jasur Yaxshiboyev “Paxtakor”
Doniyor Narzullayev “Nasaf”
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”
Aziz Turg‘unboyev “Navbahor”
Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”
Ikrom Aliboyev “Lokomotiv”
Doston Hamdamov “Anji”, Rossiya

Hujumchilar:

Zabihullo O‘rinboyev “Metallurg”
Bobir Abduxoliqov “Nasaf”
Andrey Sidorov “Neftchi”

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar davom etadi. Futbol musobaqalari esa 14 avgustdan boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?