Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempioni bo‘ldi

17:45 16 May 2018 Sport
471 0
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Rossiyaning Moskva shahrida futbol bo‘yicha Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikka erishdi.

Ushbu musobaqa 14-17 yoshli futbolchilar o‘rtasida tashkil etildi. O‘zbekiston terma jamoasi garchi bu musobaqada birinchi marta ishtirok etgan bo‘lsa-da, g‘oliblikka erishishning uddasidan chiqdi.

Futbolchilarimiz finalda Pokiston terma jamoasini 6:5 hisobidan mag‘lubiyatga uchratishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?