Futbol boʻyicha Angliya kubogi bahslari davom ettiriladigan sana maʼlum qilindi

01:07 30 May 2020 Sport
401 0

Arxiv surat

Futbol boʻyicha Angliya kubogi doirasidagi bahslar davom ettiriladigan sana maʼlum qilindi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi xabariga koʻra chorak final uchrashuvlari 27 va 28-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Yarim final bellashuvlari esa 18 va 19-iyul kunlari oʻtkaziladi. Musobaqa gʻolibi esa 1-avgust kuni aniqlanadi.

Musobaqaning chorak final juftliklari bilan tanishing:

«Lester» — “Chelsi”, “Nyukasl” — «Manchester Siti», “Sheffild” — “Arsenal”, “Norvich” — «Manchester Yunayted».

Oldinroq futbol boʻyicha Angliya chempionati bahslari davom ettiriladigan sana maʼlum boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?