Fuqaroning yonida “Spays” borligi aniqlanib, jinoiy ish qoʻzgʻatildi

10:04 22 Avgust 2019 Jamiyat
62 0

Illyustrativ foto

2-avgust kuni soat taxminan 22.00larda Yakkasaroy tumani Kichik xalqa avtomobil yoʻlida joylashgan supermarket oldida Toshkent shahar IIBB xodimlari shubhali koʻringan shaxsni toʻxtatib tekshirishgan vaqtida, 28 yoshli Umidjon B.ning yonida 12,87 gramm “Spays” psixotrop moddasi borligi aniqlanib, musodara qilindi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?