Fuqaroni Oʻsh davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi

12:25 23 Oktyabr 2020 Jamiyat
215 0

Margʻilon shahrida fuqaroni Oʻsh davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.S. va B.F.lar oldindan til biriktirib, fuqaro M.Z.ning ishonchiga kirib, uni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh Davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 600 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.S. va B.F.larga nisbatan Jinoyat kodeksining
168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?