Fuqaroni Germaniyaga ishga joʻnatishga yordam berish uchun 10 mln pulni aldab olgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

16:53 19 Sentyabr 2020 Jamiyat
188 0

2019-yilning oktyabr oyida fuqaro A.Z. va I.U.lar bir guruh boʻlib, R.L.ning ishonchiga kirishib, 10.000.000 soʻm evaziga tanishlarni orqali Germaniya davlatiga ishlash uchun borishida yordam berishini aytib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «v» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang. Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?