Fuqarolarning 67,4 mln so‘m mablag‘i undirib berildi

13:45 14 Avgust 2018 Jamiyat
274 0
Arxiv foto

Adliya organlari tomonidan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari, tuman (shahar) yo‘l ekspluatatsiya korxonalari, avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari huzuridagi ekspluatatsiya liniya korxonalarining faoliyati hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son qarorining bajarilishi o‘rganildi.

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qilishicha, o‘rganish davomida bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Jumladan, 28 nafar fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, 67,4 mln. so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?