Fuqarolarning 2,2 milliard soʻm mablagʻini oʻzlashtirgan firibgarlar ushlandi

16:40 02 Sentyabr 2020 Jamiyat
289 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga koʻra, oʻzgalar mol-mulkini aldov va ishonchni suiisteʼmol qilish orqali egallashni kasb qilgan 30 yoshli Z.D. va 50 yoshli Yo.T.lar 2019-yilning sentyabr oyidan 2019-yilning dekabr oyiga qadar Toshkent viloyatidagi bir qator fuqarolarni chuv tushirishga harakat qiladilar Ular odamlarga oʻzlarini MCHJ rahbarlari ekanligini aytishib, mineral oʻgʻitni bahosi arzon vaqtda sotib olib, narxi qimmatlashgach sotish rejasini tavsiya qilishadi. Bu biznesdan moʻmay daromad topish mumkinligi alohida uqtiriladi. Bu choʻpchakka ishongan fuqaro 42 yoshli A.D. firibgarlar qoʻygan tuzoqqa ilinadi.

Soxta ishbilarmonlar undan Ohangaron tumani hududida 1 milliard 700 million soʻm va fuqaro 44 yoshli A.A.dan 500 million soʻm miqdoridagi pullarni aldash yoʻli bilan qoʻlga kiritib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Z.D. va Yo.T.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shodiyor MUTAHAROV
(Xalq szi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?