Fuqarolar ruhiyatini koʻtarish, umidini soʻndirmaslik maqsadida mutasaddilar tomonidan tinimsiz harakat qilinmoqda (Foto)

23:58 04 May 2020 Jamiyat
496 0

Xabaringiz borki, 1-may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba suv ombori” ning toshqini sabab talofat koʻrgan aholi va shu bilan bir qatorda suv toshqini kuzatilishi mumkin boʻlgan mahallalar ham viloyat markazi, yaʼni Guliston shahridagi akademik litsey va Guliston olimpiya zaxiralari kollejiga joylashtirilgan. Evakuatsiya zonalarida ham mamlakatimizda joriy etilgan karantin qoidalariga amal qilinmoqda. Fuqarolar ruhiyatini koʻtarish, umidini soʻndirmaslik maqsadida mutasaddilar tomonidan tinimsiz harakat qilinmoqda. Yaʼni kun davomida maʼnaviy ozuqa olishlari uchun kutubxonalar ochiq, bolalar vaqtini mazmunli oʻtkazishlari uchun esa bolalar bogʻchasi tashkil etilgan.

“Sogʻ tanda sogʻlom aql” degan naqlga amal qilingan holda oilaviy musobaqalar, sport oʻyinlari tashkillashtirilgan.

“-Bu bir sinov edi, ollohga shukrki farzandlarim sogʻ, nabiram yonimda”, deydi talofat payti oʻgʻli va kelinini yoʻqotib qoʻyib, nevarasi bilan yolgʻiz qolgan onaxon.

Aholining kayfiyatini xush etish, tinchligini taʼminlash, ogʻir kunida koʻmaklashish uchun viloyat sanʼatkorlari, xavfsizligimiz xodimlari, mutasaddilar bel bogʻlashgan.

Zero, “har narsada hikmat bor “ deydi dono xalqimiz. Bunday voqealar esa hali oldinda yana nurafshon kunlarning borligidan dalolatdir.

Sitora Yoʻlchiyeva

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?