Fuqarolar davlat byudjetini nazorat qilishda ishtirok etadi

Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ-559, 29.08.2019-y.)
Qonun bilan qonun hujjatlariga byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
Xususan:
-davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari loyihasi, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning auditi va baholash natijalari yuzasidan Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda eʼlon qilinadi;
-vazirlik va idoralar byudjet mablagʻlaridan foydalanish, oʻtkazilgan tanlovlar va sotib olingan tovarlarni yetkazib berish toʻgʻrisida axborotlarni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;
-mahalliy byudjetlarni ijrosi boʻyicha hisobotning xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlanish jarayoni OAVda yoritiladi;
- davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari loyihalari, ularning ijrosi boʻyicha hisobotlarni hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljali Oliy Majlisga taqdim etilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: