Fuqaro lotereyadan juda katta miqdorda pul yutib oldi

12:47 15 Oktyabr 2018 Lifestyle
1012 0
Illyustrativ foto

Kanada milliy “49dan 6” milliy lotereyasining navbatdagi seriyasini oʻynagan fuqarolardan biri 5 mln. kanada dollari(qariyb 3,9 mln. AQSH dollari) miqdorida jekpot yutib oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Hozircha yutuq egasining ismi-sharifi maʼlum emas. Lekin ushbu mamlakat milliy lotereyalari qoidalariga koʻra, yutuqli chipta egasi nomi yaqin orada eʼlon qilinadi. Sababi u yerda gʻolib ismi keng jamoatchilikning muvaffaqiyati sifatida ham eʼtirof etib kelinadi.

Eslatib oʻtamiz, Kanada tarixida eng katta jekpot 2015 yilda qoʻlga kiritilgan. Oʻshanda baxtli fuqaro 64 mln. kanada dollari(oʻsha paytda 49,5 mln. AQSH dollari)ga ega boʻlgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?