Fuqaro: “Ishonasizmi, otam bilan bir-birimizni koʻrgan holatda kunda kun ora chegara hududidagi panjara ortidan maxbuslardek suhbatlashardik ”

00:55 31 Avgust 2019 Jamiyat
139 0

Fargʻona viloyatining Rishton tumani va QirgʻizistonRespublikasining Batkent viloyati Qadamjoy tumani oʻrtasidagi Rishton va Tulchegara oʻtkazish punktlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston va QirgʻizistonRespublikalarining davlat bayroqlari bilan bezatilgan oʻtkazuv punktidagi tantanali tadbirda har ikkala tomondan viloyat hokimliklari, keng jamoatchilik, chegara hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi vakillari ishtirok etdi.

Karnay-surnay sadolari ostida Rishton chegara oʻtkazish punktidagi toʻsiq ochilib, qoʻshni Qirgʻiziston delegatsiyasi Oʻzbekiston hududiga kirib keldi. Mehmonlar oʻzbekona mehmonnavozlik, non-tuz bilan kutib olindi.

Avvalari viloyatning anklav hududi Soʻx tumanidan Fargʻona shahriga kelish uchun Fargʻona tumanining Vodil qishlogʻi orqali 76 kilometr masofadan yoʻl bosib kelinishi kerak edi. Agar aholi yumushlar bilan Rishton tumaniga bormoqchi boʻlsa, bu masofa ikki hissaga ortib 200 kilometrni tashkil qilgan.Rishton tumani chegara oʻtkazish punkting ochilishi rishtonliklar,qirgʻiz birodarlarimiz va Soʻx tumani ahlining bordi keldi masofasini ikki barobarga qisqartirdi.

Tadbirda Oʻzbekiston va QirgʻizistonPrezidentlarining saʼy-harakati bilan tarixi, kechmishi, taqdiri bir boʻlgan ikki xalq oʻrtasidagi sunʼiy toʻsiqlarning olib tashlanishi buyuk doʻstlik abadiy ekanligining amaliy isboti boʻlganligi taʼkidlandi. Bu doʻstlik ikkala mamlakatning ham har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilishi eʼtirof etildi.

Rishtonlik ota-bola Tolibjon hamda Dilmurod Sheraliyevlar mustaqillikning ilk yillarida Rishton tumaniga chegaradosh hudud –Qirgʻizistondagi Qaytpes (Qaytmas)qishlogʻidan kattagina dasht yer olib bogʻ yaratdi, dehqonchilik qilib oila tebratdi. Uy-joy qilib, oʻsha yerda oilaviy oʻrnashib qoldi. Biroq koʻp yillar avval siyosiy voqealar tufayli chegara hududi yopilgach Sheraliyevlar xonadonida muammolar boshlandi.

–Chegaralar yopilgach, bizga ancha qiyin boʻlib. Peshona terim bilan bunyod etgan bogʻlarimni, uylarimni tashlab ketgim kelmadi, –deydi Tolibjon Sheraliyev. –Bu yogʻida Rishton tumaniga oʻtish muammo, Fargʻona tumani orqali aylanib kelish uchun naqd 200 kilometrdan koʻproq masofa bosib oʻtish kerak. Yerni sotishga koʻzim qiymadi. Uning ustiga, chegaralarning yopilishi tufayli yerlarimni poʻchoq puliga baholashdi. Nihoyat oʻgʻlim Dilshod bilan kelishib men shu yerda –Qaytpes qishlogʻida qolishga va oʻgʻlim Rishton shaharchasidaga Zarariq mahallasiga qaytishga qaror qilgan edik. Xullas oilamni birgina chegarai kkiga ajratib qoʻydi.

-Ishonasizmi, otam bilan bir-birimizni koʻrgan holatda kunda kun ora chegara hududidagi panjara ortidan maxbuslardek suhbatlashardik, -deydi Dilshod Sheraliyev. Bozor boʻladigan kunlarni xisobga olmaganda 10 yillardan ortiq deyarli bir dasturxon boshida oʻtirmadik. Hayriyat davlatimiz, hukumatimiz olib borayotgan doʻstlik va mehr oqibat siyosati tufayli bir oila birlashdi, bagʻrimiz toʻldi. Qirgʻiziston va Rishton chegara hududlarida biz kabi oilalar, quda-andali boʻlgan vatandoshlarimiz va chegara yopiqligi tufayli qiynalayotgan, aziyat chekayotgan oilalar juda koʻp sonni tashkil etadi. Ming shukur! Endi bemalol qoʻshni mamlakat bilan bordi-keldi qilamiz. Bozorlarimizda savdo-sotiq, tijorat,doʻstona munosabat tiklanadi. Muammolarimiz nari ketdi.

– Oʻzbek va qirgʻiz xalqlari bir-biri bilan azaldan qondosh, qadrdon, quda-anda boʻlib kelgan, – deydi Qadamjoy tumani Qaytpes qishlogʻida istiqomat qiluvchi Oʻgʻiloy Qodirova. –Biz turkiy bir tilda soʻzlashuvchi bir xalqmiz. Oʻtkazish maskanlarining ochilishi bu azaliy yaqinligimiz, bordi-keldimiz yana bardavom boʻlishiga xizmat qiladi.

Mehmon va mezbonlar toʻkin dasturxon atrofida dildan suhbatlashishdi. Sahnada oʻzbek va tojik kuy-qoʻshiqlari, jozibali raqslar ijro etildi.

Ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Sh.Gʻaniyev hamda Botkent viloyatii gubernatori Akram Madumarov ishtirok etdi.

Elyorjon EHSONOV,

“Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?