Fransiyaning mashhur kompaniyalari Oʻzbekistonda zamonaviy korxonalar tashkil etadi

13:46 08 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
179 0
Foto: en.rfi.fr

Fransiyaning Fives va Total EREN kompaniyalari Oʻzbekistonda zamonaviy korxonalar ochadi.

Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

maʼlumki, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi oldidan, 5 oktyabr kuni Parijda oʻzbek – fransuz biznes forumi boʻlib oʻtgan edi. Biznes forum doirasida Fransiyada eng yirik oziq-ovqat logistika markaziga ega boʻlgan Marche International De Rungis kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi orasida Samarqand va Andijon viloyatlarida zamonaviy agrologistika markazlari tashkil qilish haqida kelishib olindi.

Shuningdek, “Oʻzbekenergo” va Total EREN kompaniyalari orasida Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurish haqida kelishib olindi.

Bundan tashqari, “Oʻzqurilishmateriallar” AJ va Fives kompaniyasi orasida avtomobil oynalari ishlab chiqarish haqida bitim imzolandi.

Bank xizmatlari sohasida ham Oʻzbekistonning Milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”i va Fransiyaning NATIXIS va BPI banklari orasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda fransiya kapitali ishtirokida 16 ta korxona tashkil qilingan. Ular orasida 2 ta korxona 100 foiz xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritadi.

2017 yilda Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi savdo hajmi 251,6 mln. dollardan oshdi. 2018 yilning yanvar va avgust oylarida— 195,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ikki mamlakat orasida hamkorlikni 18,8 foiz oshganini koʻrsatadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?