Fransiyalik tadqiqotchi yurtimizga maftun bo‘ldi

19:03 04 May 2018 Madaniyat
875 0
Фото: fenixclub.com

Bu ”O‘zbekkino” milliy agentligi va “Dono production” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Maftun bo‘ldim” nomli kinofilmning bosh mavzusidir. Rejissyor Abduvohid G‘aniyev sahnalashtirilgan ushbu asar o‘zbek kinosi durdonasi bo‘lmish “Maftuningman” filmining zamonaviy talqini bo‘lib, unda fransiyalik tadqiqotchi Fransua O‘zbekistonga tashrif buyuradi va yurtimizga maftun bo‘lib qoladi.

— Ushbu filmda mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini ko‘rsatib berishga yo‘naltirilgan, — deydi rejissyor A. G‘aniyev. — Qolaversa, jahon ahlining yurtimiz haqidagi tasavvurini yanada boyitishga xizmat qiladi. Filmni suratga olish jarayonida viloyatda yashab, ijod qilayotgan bir qator iste’dod egalarini kashf qildik. Ular ijrosidagi qo‘shiq va raqslar film yanada jozibali bo‘lishiga ko‘maklashdi, deyish mumkin.

Yaqinda ushbu film namoyishi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, u tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?