Fransiyalik ishbilarmonlar harakati Jizzaxga tashrif buyurdi

17:10 17 May 2019 Jamiyat
249 0

Fransiyaning “Medef Internasional” tadbirkorlar harakati “Fransiya – Oʻzbekiston” ishbilarmonlar kengashi raisi boshchiligidagi delegatsiya Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, bu yerda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

- Tadbirkorlar harakati Fransiyaning 800 mingdan ortiq ishbilarmonlarini oʻziga birlashtirgan boʻlib, ular nafaqat oʻzimizda, balki xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mamlakatimiz vakillari haq-huquqlarini ham himoya qiladi va ularga investitsiya kiritish, ish yuritishdagi qonunchilik sohasida ham yaqindan yordam beradi, - deydi Fransiyaning “Medef Internasional” tadbirkorlar harakati “Fransiya – Oʻzbekiston” ishbilarmonlar kengashi raisi Kristof Fonteyn. – Yurtingizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xorijiy tadbirkorlarga yaratilayotgan investitsion muhit, shaffof biznes yuritish muhiti bizni ham yurtingizga qiziqishimizni orttirdi.

Oʻz navbatida Fransiyalik mehmonlar yangi tashkil etilayotgan atom elektr stansiyasi qurilishi uchun maxsus betonlar quyish, sement sotish boʻyicha taniqli doʻkonlar tarmogʻini tashkil etish, “TECOFI” brendli suv taʼminoti uchun kerakli qurilish materiallari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, Fransiyaning mashhur “POMA” kompaniyasi hamkorligida Zomin togʻlarida turizmni rivojlantirish va u yerga xorijiy sayyohlarni olib kelish boʻyicha oʻz takliflarini bayon qilishdi.

Shuningdek, Fransiyalik ishbilarmonlar “Jizzax erkin iqtisodiy zona”sidagi bir qancha korxonalarda boʻlishdi va u yerdagi xorijiy ishbilarmonlarga yaratilgan sharoit va qonunchilikdagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi hamda fransuz ishbilarmonlarini viloyatga jalb qilish boʻyicha mediatur va axborot kompaniyalarini boshlash boʻyicha kelishib olishdi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?