Fransiyalik futbolchi Jahon chempionatida yutib olgan oltin medalini sotib yubordi

16:14 26 May 2020 Sport
435 0

Foto: RT

2018-yil futbol boʻyicha Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Fransiya terma jamoasi aʼzosi oltin medalini kim oshdi savdosida 65 000 yevroga sotgan. 

Bu haqda “Le Soir” nashri xabar tarqatgan. Oltin medal “Julienʼs Auctions”inida sotilgan. Ammo u qaysi futbolchiga tegishli ekanligi maʼlum qilinmagan.

Bungacha 1994 va 2002-yillarda oʻtkazilgan jahon chempionatlarida qoʻlga kiritilgan oltin medallar kim oshdi savdosi 44 000 hamda 46 000 yevroga sotilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?