Fransiyada rekord darajada issiq havo qayd etildi. Bunday harorat 70 yil oldin kuzatilgan

22:13 16 Sentyabr 2020 Dunyo
184 0

Fransiyaning 30 ta meteorologik xizmatlari oʻrtacha 33.3 daraja issiq havoni qayd etdi. Oxirgi marta sentyabr oyi uchun bunday yuqori koʻrsatkich 1949-yilda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda havo harorati 32.6 darajaga chiqqan.

Parij va Lillda rekord yangilandi, mamlakat gʻarbida havo 38 darajagacha isidi.

“Joriy yilda yoz fasli issiq boʻldi. Bu keyingi yoz oldingisidan ham issiqroq boʻlishini bildirmaydi. Ammo umumiy tendensiya maʼlum: bundan keyin yoz biz koʻnikkanimizdan issiq boʻladi” deydi sinoptik Sebastyan Leas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?