Fransiyada o‘zbek “Yor-yor”i yangradi

17:27 31 Iyul 2018 Jamiyat
197 0
Foto: RFI

O‘zbek hunarmandlari Fransiyada o‘tkazilgan 20 – 29 iyul kunlari “Dunyo madaniyati – Ganna – 2018” festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ muxbiri Mavjud Xolmatova xabar bermoqda.

— YUNЕSKO xalqaro tashkiloti tomonidan 45 bor tashkil etilgan ushbu festival Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlariga to‘g‘ri kelganligi o‘zbek madaniyati va san’ati, qadimiy an’ana va ibratli qadriyatlarimiz namoyishiga aylandi“, —deydi Respublika “Hunarmand” uyushmasi matbuot kotibi Nilufar Hotamova. — Tadbir doirasida tashkil etilgan milliy liboslar namoyishi, musiqa, urf-odatlar, an’analar va yurtimiz taomlarining rang-barangligi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, “Hunarmand” uyushmasi tomonidan xalq amaliy san’ati namunalari, xususan, yog‘och o‘ymakorligi, kashta, miniatyura, milliy liboslar va kulolchilik mahsulotlari, shuningdek, “Sardoba” folklor-etnografik ansambli, Lazgi” guruhi tomonidan ijro etilgan ”Yor-yor”, “Kelin-salom” va “Beshik to‘yi” kabi marosimlar ishtirokchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?