Fransiyada marhum bilan turmush qurish mumkin

17:15 18 Sentyabr 2020 Dunyo
336 0

Fransiya qonunlariga koʻra, marhum bilan nikoh rasman roʻyxatga olinishi mumkin. Bunda marhumning nikohga roziligini bildiruvchi vasiyatnoma yoki boshqa hujjat talab qilinadi. Nikoh marhumning tiriklik paytidagi sana bilan roʻyxatga olinadi va u marhumning merosiga egalik qilish huquqini bermaydi.  

1950-yilda Fransiyaning Frejyus shahrida yuz bergan toʻgʻon oʻpirilishi natijasida 400 kishi nobud boʻladi. Qurbonlardan biri Andre Kapra ismli yigitning sevgilisi Iren Jodart marhum bilan nikohdan oʻtishga ruxsat berishni soʻrab Sharl de Gollga murojaat qiladi. Masala keng jamoatchilikning qizgʻin munozarasiga sabab boʻlgach, mamlakat rahbari bu nikohga rozilik beradi. Shundan soʻng Fuqarolik kodeksiga yuqoridagi modda kiritilgan. 

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksiga koʻra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDYO organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy oʻtgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?