Fransiyada Abu Ali ibn Sino haykali ochildi

15:24 19 Aprel 2019 Jamiyat
810 0

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”. Abu Ali ibn Sino tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, tilshunoslik sohalariga bagʻishlangan 450 dan ortiq asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk qomusiy olim hisoblanadi. Allomaning “Tib qonunlari” deb atalgan bebaho fundamental asari keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini oldindan belgilab berdi.Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500 yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida oʻqitib kelingan.

Avitsenna nomi bilan dunyoga mashhur buyuk olimga Fransiya, Avstriya, Belgiya, Turkiya, Eron, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa davlatlarda haykal oʻrnatilgan.Endilikda Fransiya poytaxti Parij yaqinidagi Ryuey-Malmezon shahrida tibbiyot ilmi asoschisining yana bir ulugʻvor haykali qad rostladi.Buxoro viloyati hokimligi buyurtmasi asosida bronzadan ishlangan ushbu betakror sanʼat asari xorazmlik yosh isteʼdodli haykaltarosh Jasvand Annazarov ijodi mahsuli.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Jasvand Toshkent shahrida turkman shoiri Maxtumquli Firogʻiy, Jizzaxda davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov xotirasiga oʻrnatilgan haykallarning ham muallifidir.Fransiyada Abu Ali ibn Sino haykali ochildi

Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”. Abu Ali ibn Sino tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, tilshunoslik sohalariga bagʻishlangan 450 dan ortiq asarlari bilan jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk qomusiy olim hisoblanadi. Allomaning “Tib qonunlari” deb atalgan bebaho fundamental asari keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini oldindan belgilab berdi.Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500 yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida oʻqitib kelingan.

Avitsenna nomi bilan dunyoga mashhur buyuk olimga Fransiya, Avstriya, Belgiya, Turkiya, Eron, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa davlatlarda haykal oʻrnatilgan.Endilikda Fransiya poytaxti Parij yaqinidagi Ryuey-Malmezon shahrida tibbiyot ilmi asoschisining yana bir ulugʻvor haykali qad rostladi.Buxoro viloyati hokimligi buyurtmasi asosida bronzadan ishlangan ushbu betakror sanʼat asari xorazmlik yosh isteʼdodli haykaltarosh Jasvand Annazarov ijodi mahsuli.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Jasvand Toshkent shahrida turkman shoiri Maxtumquli Firogʻiy, Jizzaxda davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov xotirasiga oʻrnatilgan haykallarning ham muallifidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?